2 kundan keyin Toshkentga
Posted on : 01-05-2009 | By : WebMonster | In : O'y xayollar
Tags: news, yangiliklar
1
Blogda anchadan beri yangi narsa yozmagandim. Shu paytgacha bo’lib o’tgan yangiliklar haqida qisqacha to’xtalib o’tsam:
Oldingi postlarimda to’xtalib o’tgan fotoaparatimni oldim va ko’plab rasmlar tushurishga ulgurdim. Rasmlarni flickr hisobimda chop etib kelayapman.
Photoshop darslarini yozish to’xtab qoldi. Sababi dars yozish men o’ylaganchalik oson ish emas ekan. Lekin va’da qilingan “Chanqoqbosti ravuz” darsini Hudo hohlasa tez kunlarda chop etaman.
Blogda bundan buyog’i fotografiya qiziquvchilari uchun ham ma’lumotlar berib borishga niyat qildim. Hudo hohlasa, erinchoqlik yana yengib chiqmasa bu ishniyam boshlavoramiz.
2 kundan keyin Vatan sari yo’l olaman.
Hozircha shu. Stay tuned








