Featured Posts

Boshlovchi fotograflar uchun maslahatlar 1: Uchlik... Umuman olganda san'atda qoida va chegara yo'q. Lekin bu sohaga yangi kirayotgalar uchun chiroyliroq va ko'zga yoqimli rasmlar tushurishi uchun ba'zi bir asosiy qoidalar bor. "Boshlovchi fotograflar...

Readmore

Shou-Biznes va dizayn O'zbek shou-biznesi bilan UzNet'ning qanday o'xshashlik tarafi bor? Ularning ikkalasida ham har kuni yangi yangi nushalar paydo bo'lmoqda :) Bugungi maqolamizda o'zbek shou-biznesi yulduzlarining veb-saytlarini...

Readmore

Yozuvga effekt va soya qo'shish Bugungi darsimizda Photoshop dasturida yozuv effektlarini qilishni o'rganamiz. Bu nisbatan oson bo'lib hammani qo'lidan kelishiga shubham yo'q. 1. Fon Avvalam bor 600X250 hajmidagi yangi oyna...

Readmore

Ranglarni bilish muhim Web sayti, reklama, broshuralar dizyanida ikki muhim omil mavjuddir; biri u yerda ishlatilgan yozuv turi (Tipografiya) bo'lsa yana bittasi rangdir. Tipografiya insonning chap yarim miyyasini faollashtirsa,...

Readmore

5ta ko'p ishlatadigan saytlarim Ijodkor sifatida har kuni turli hil manbalardan foydalanishga, yangi fikr izlanishlarida bo'lishga boshqa ijodkorlarning ishlari bilan tanishib borishga majburmiz. Kundalik faoliyatimizda hammaiznig o'zimizga...

Readmore

  • Prev
  • Next

Boshlovchi fotograflar uchun maslahatlar 1: Uchlik qoidasi

Posted on : 03-08-2009 | By : WebMonster | In : Darslar, Fotografiya

9

08

Umuman olganda san’atda qoida va chegara yo’q. Lekin bu sohaga yangi kirayotgalar uchun chiroyliroq va ko’zga yoqimli rasmlar tushurishi uchun ba’zi bir asosiy qoidalar bor.

“Boshlovchi fotograflar uchun maslahatlar” rukni ostida fotografiya kompozitsiyasining asosiy qoidalari va maslahatlar bilan sizni tanishtirib boramiz.

Uchlik qoidasi

Siz qo’lingizga fotoaparat oldingiz va yaqinlaringiz, do’stlaringiz yoki oilangizning rasmini tushurmoqchisiz. Albatta portret tushurayotganda ko’pchiligimiz odamni rasmning o’rtasiga harakat qilamiz

01

Albomingizni yoki kompyuteringizda jamlangan rasmlaringizni ochib bir qarangchi. Bu usulda tushurilgan rasmlarni ko’p ko’rganmiz, lekin bu usldagi rasm unchalik ham qiziqarli emas.

Endi hudid shu odamni biroz boshqacha tushurib ko’rsak:

02

Rasmda keraksiz bo’sh maydon ancha kamaygan, obyekt ancha yaqinlashtirilgan. Odam markazdan chetga surilganligi nafaqat rasmga qiziqarlilik qo’shgan, balki rasmga qarayotganda diqqatni obyetga qaratishga ham hizmat qiladi.

Bu rasm “Uchlik qoidasi” asosida tushurilgan. Juda qadimlardan beri ishlatilib keladigan bu qoidaning asosi tasvirni bo’yiga va eniga teng 3 ga bo’lish va obyektni shu chiziqlar kesishgan nuqtasiga joylashtirishdir.  Masalan:

03

yuqoridagi shaklda. Chiziqlarning kesishgan niqtasi tasviring eng qiziq nuqtalari hisoblanadi.

Misol uchun yuqorida qiziq degan rasmimizni “Uchlik qoidasi” qo’llanilgan holda ko’raylik:

04

Ko’rib turganingizdak obyekt chiziqlar kesishgan nuqtaga joylashtirilgan.  Obyektni chiziq kesishgan 4 nuqtadan istalganiga joylashtirilish mumkin. Quyidagi rasmlar ushbu qoida asosida tahrir qilingandir:

05

06

07

Ko’rib turganingizdak “uchlik qoidasi” odatda uncha qiziq bo’lmagan tasvirlarni qiziqroq qilishga yordam beradi. Bu kompozitsiyaning asosi hisoblanib istalgan obyektga, portret, peyzaj va boshqa uslublarda birdek ishlatsa bo’ladi. Ummuman fotografiyadan tashqari bu qoidani tasviriy san’at, kinomotografiya, rhitektura va boshqa sohalarda ham qo’llashingiz mumkin.

Keyingi darslarimizda fotografiyaning boshqa boshlang’ish qoidalari haqida to’xtalib o’tamiz.

Siz ham tushurgan fotosuratlaringiz orasida “uchlik qoidasi” asosida ishlangan rasmlaringiz bo’lsa biz bilan baham ko’ring. :)

Rahmat!

Comments (9)

Maqola uchun rahmat, juda ham qiziq teoriya. Bu haqda eshitmagandim.

Ma’lumot uchun katta rahmat, juda ham oddiy tilda yozilganligi uchun tushunib olish oson kechdi, 2 yil avval o’tgan darslar ancha esdan chiqqan ekan amaliyot bo’lmaganligi sababli, mana yan siz umid bag’ishladingiz fotoapparatni qo’lga olishga:)

Alloh hammamizda rozi bo’lsin!!!:)

@Avaz Ibragimov,

Ha qiziq va asosiysi oson teoriya. Buni amalda qo’llash uchun DSLR fotoaparat bo’lishi shart emas. Oddiy havaskor fotoaparatda, yoki telefonda ham qo’llasa bo’ladi buni :)

@Mohira,

Sizga ma’qul bo’lgan bo’lsa biz oldimizga qo’ygan maqsadga erishdik deb hisoblasak bo’ladi.

Keyingi darslarda yana asosiy qoidalar haqida to’xtalishni davom etamiz, Hudo hohlasa.

Rasm tushuring va bizlar bilan ham o’z ijod na’munalaringizni baham ko’ring :)

Judayam qiziq maslahat, men albata qo’llab ko’raman=) iltimos,shunday darslaringiz bilan davom ettiring!

Eh barakat toping, anchadan beri qiziqib yurardim, juda koplab rasmlar olishga harakat qilardim, endi sal pal bo’lsa ham professional rasmga olishga harakat qilamiza.

@Qoravoyka

Bizni kuzatishda davom eting. Hali oldinda ko’plab qiziqarli maslahatlarimiz bor :)

@Sanjar.

Rahmat bildirilgan fikr uchun. Tushrgan rasmlaringizni bizga ham ko’rsatish esdan chiqmasin :)

istarali yigit ekan, rasmdagi :)

a, esladim, shamollarda qolgan hislarimdagi aktyorga o’xshidi.

Golden ratio?

Write a comment