Featured Posts

Boshlovchi fotograflar uchun maslahatlar 1: Uchlik... Umuman olganda san'atda qoida va chegara yo'q. Lekin bu sohaga yangi kirayotgalar uchun chiroyliroq va ko'zga yoqimli rasmlar tushurishi uchun ba'zi bir asosiy qoidalar bor. "Boshlovchi fotograflar...

Readmore

Shou-Biznes va dizayn O'zbek shou-biznesi bilan UzNet'ning qanday o'xshashlik tarafi bor? Ularning ikkalasida ham har kuni yangi yangi nushalar paydo bo'lmoqda :) Bugungi maqolamizda o'zbek shou-biznesi yulduzlarining veb-saytlarini...

Readmore

Yozuvga effekt va soya qo'shish Bugungi darsimizda Photoshop dasturida yozuv effektlarini qilishni o'rganamiz. Bu nisbatan oson bo'lib hammani qo'lidan kelishiga shubham yo'q. 1. Fon Avvalam bor 600X250 hajmidagi yangi oyna...

Readmore

Ranglarni bilish muhim Web sayti, reklama, broshuralar dizyanida ikki muhim omil mavjuddir; biri u yerda ishlatilgan yozuv turi (Tipografiya) bo'lsa yana bittasi rangdir. Tipografiya insonning chap yarim miyyasini faollashtirsa,...

Readmore

5ta ko'p ishlatadigan saytlarim Ijodkor sifatida har kuni turli hil manbalardan foydalanishga, yangi fikr izlanishlarida bo'lishga boshqa ijodkorlarning ishlari bilan tanishib borishga majburmiz. Kundalik faoliyatimizda hammaiznig o'zimizga...

Readmore

  • Prev
  • Next

Shou-Biznes va dizayn

Posted on : 01-08-2009 | By : WebMonster | In : Dizayn

13

shubiz

O’zbek shou-biznesi bilan UzNet’ning qanday o’xshashlik tarafi bor? Ularning ikkalasida ham har kuni yangi yangi nushalar paydo bo’lmoqda :) Bugungi maqolamizda o’zbek shou-biznesi yulduzlarining veb-saytlarini tahlil qilib ko’ramiz.

Ozodbek Nazarbekov:

ozodbek

Saytning dizayniga 5 baxodan 3+ bergan bo’lardim.  Bannerda foydalanilgan shrift, tanlangan ranglar, va saytning qo’llanishligi (userability) va ba’zi xatolar (masalan: menyuning ost qismi) shunday fikrga kelishga majbur qildi.

Sardor Rahimxon:

sardor

Bu saytga ham 5 dan 3+ bergan bo’lardim. Saytda ishlatilgan qutilarning bir chiziqda joylanmaganligi, saytning nisbatan “quruq” chiqqanligi bunga sabab.

Shoxrux:

shoxrux

Saytga 5 dan 4 baho bergan bo’lardim. Saytda repper imidji ko’rinmayapti.

Shahzoda:

shahzoda

Saytga 5 dan 4+ baho bergan bo’lardim. Saytning banner qismi yaxshi chiqqan, lekin menyuda ishlatilgan shrift muvaffaqiyatsiz deb o’ylayman. O’qishni qiyinlashtiradi.

Sevara Nazarhon:

sevara

Saytga 4+ baho bergan bo’lardim. Saytda yoqqan narsa har bir bo’lim uchun mos qilib rasmga tushurilgan. Mayda detallarga e’tibor berilgan. Lekin barbiram bir narsa yetishmayatganday :) ]

DJ Piligrim

piligrim

Saytga 5- bergan bo’lardim. Umuman sayt yaxshi chiqqan, faqat xabarlarning o’ng tarafida berilgan rasmchalarning chiziqdan o’tib ketishi chiroyli ko’rinmayapti.

Ilhom Farmonov

ilhomSaytga 3+ bergan bo’lardim. Menyudagi yozuv shrifti yana ko’ngildagidak emasligi asosiy sabablardan biri.

Zoda

zoda

Saytga 5 baho bergan bo’lardim. Sayt toza, ranglar va shriftlar bir biriga mos, qo’llanilishi qulay tarzda qilingan.

Ravshan Komilov

komilovSaytga 3+ bergan bo’lardim. Saytda foydalanilgan ranglar hammaga ham yoqadigan rang deb o’ylamayman.

Dineyra

dineyra

Saytga 3+ bergan bo’lardim. Fon rangi va yozuv rangi bir biriga yaqin ranglar tanlangan.

Hulosa

Veb-sayt bu imidj. Imidj esa shou-biznesda juda muhim o’rin egallaydi.  yuqoridagi o’rnaklardan ko’rsak bo’ladi-ki san’atkorlarimizning ko’pchiligi hali Internetga jiddiy qarashmaydi, saytning dizayni muhimligi haqida bosh qotirishmaydi. Hatto ko’pchilik mashhur yuldurzlarimizning saytlari yo’qligi bu fikrimning dalilidir.

Sizda ushbu saytlar yoki boshqa shou-biznes vakillarimizning saytlari haqida nima fikrlar bor? Marhamat, biz bilan baham ko’ring.

Comments (13)

Бу Сайтлар камчилиги булиши хам Мумкин. Балким Сизни Берган бахолариз хам тугридур, лекин Бу сайтни дизайнини тайёрлаган одам учун Менимча бу охирига етказилган Мукаммал ва аъло даражада тайёрланган иши деб хисоблайдику), “На вкус и цвет товарища нет” деганидай. Менимча бу сайтларни Узи борлиги Хам Анча Ютук деб хисобласа булаверади, Мен борлигини хам билмасдим буларни :D
Лекин фикризга кушиламан Идеал холатга етказилмаганлари хам бор.

Sayt kamchiliklarining eng asosiy sababi — sayt egalari ularga sayt nima uchun kerakligini, sayt qanday vazifa bajarishi kerakligini tushunmasligi.

@Garik,

Manimcha “Borligiga ham shukr” deydigan vaqt uje o’tti. Internet bizda ham hayotning ajralmas qismiga aylanib bormoqda, va bu masalalarga (design, usability va hokazo) jiddiy e’tibor qaratish kerak deb o’ylayman.

@Avaz Ibragimov,

Fikringizga qo’shilaman. Hozircha sayt qilish tendentsiyasiz yulduzlarimiz orasida bir “moda” dak kechayapti manimcha. Asl mohiyat hali to’laligicha anglab yetilmagan.

Eh, agar hozir hamma shu erda korsatilgan artistlar hozir shu joyga kirib keltirilgan faktlarni oqiganda edi, saytni boshqatdan zakaz qildirishgan bolardi.

@ Sanjar

Qani edi shunday bo’lsa :)

Sevara Nazarhan bilan Shaxzodaniki eng chiroyli chiqqan menimcha=)

@Diora

To’g'ri qolanlarining orasida eng pichoqqa ilinadigani shu ikta sayt. Lekin bularni ham mukammal deyish qiyin.

вай а кани шахриернинг сайти?

@Type (aka keetano)

Sayt shaxriyora pomoemu uje sdoh. Hotel ego toje vklyuchit v etot obzor, no uve ne smog otkrit sayt.

Prochital vashu statyu v bloge. V polne interesno i yumoristichno :)

salom


Medicamentspot.com. Canadian Health&Care.No prescription online pharmacy.Best quality drugs.Special Internet Prices. No prescription pills. Order drugs online

Buy:Benicar.Acomplia.Aricept.Advair.Nymphomax.Zocor.Wellbutrin SR.Lipitor.Lipothin.Buspar.Amoxicillin.Lasix.Zetia.Seroquel.Female Pink Viagra.Female Cialis.SleepWell.Cozaar.Ventolin.Prozac….

Write a comment