0
Bugungi darsimizda Photoshop dasturida yozuv effektlarini qilishni o’rganamiz. Bu nisbatan oson bo’lib hammani qo’lidan kelishiga shubham yo’q.
1. Fon
Avvalam bor 600X250 hajmidagi yangi oyna ochamiz:

Yangi qatlam hosil qilamiz va uning nomini “fon” deb qo’yamiz

Asosioy rangimizni “f0f0f0″, fon ragnini esa “000000″ qilib belgilaymiz:

Chap tarafdagi asboblar panelidan “Gradient Tool” deb nomlanganini tanliymiz va tepa qismda chiqqan menyudan Oq qora gradientlisini belgilaymiz. Huddi o’sha joyda joylashgan aylana gradient tugmasini tanlab qo’yish esdan chiqmasin (Rasmga qarang #2):


“Gradient Tool” tanlanib turgan holda kursorni ish yuzasining o’rtasiga olib kelamiz va bosib turib eng tepa burchakka qarab tortib boramib qo’yib yuboramiz:
Natijada quyidagi effect hosil bo’lishi kerak:
Fonimiz tayyor bo’ldi, endi yoziv yozishga o’tamiz.
2. Yozuv
Chapki asboblar panelidan “Text Tool”, yozuv asbobini tanlaymiz:

Ustki menyudan “Window” menyusi ostidagi “Character” menyusini ochamiz:

Chiqqan oynachada yozadigan marnimizning parametrlarini kiritamiz:

Yozuv shrifti: Arial ; Matn stili: Bold (qalin); Matn kattaligi: 72pt; Rang: qora. Eng pastgi burchagda “aa” deyilgan qismni “Smooth” deb belgilash esdan chiqmasin, chunki bu muhim.
Ish yuzasining o’rtasiga matnimizni yozamiz:

3. Matnga effektlar qo’shish
Ust menyudan “Layer” > “”Layer Style” > “Blending Options”ni tanlaymiz:

Chiqqan oynachadan “Gradient Overlay” qismini ishoratliymiz, Opacity (shaffoflik) ni 80% ga tushuramiz va Gradient turi sifatida “Black and White” (qora va oq)ni tanlaymiz:

Undan so’ng huddi o’sha oynadan “Stroke” qismini tanlaymiz, bu jismning atrofiga chiziq chizadiagn funktsiya. Chgiziq qalinligini (Size) 1px qilib belgilaymiz. Chiziq obyektning ichidan o’tishi uchun “Position” qismini “Inside” (ichki qism) deb ko’rsatamiz va rangni qora qilib tanlaymiz:

Natija quyidagicha bo’lishi kerak:

Natijada yozuvimiz porloq, plastik effektga ega bo’ldi. Shu ko’rinishi ham yomon emas, lekin hali yana detallar qo’shishimiz kerak.
3. Soya
Matnimiz 3 o’lchamlik ko’rinishga ega bo’lishi uchun soya qo’shishimiz kerak bo’ladi. Buning uchun qatlamlar panelidan yozuvimiz bo’lgan qatlamning yonidagi “T” harfi bo’lgan kichik to’rtburchakka sichqoncha kursorini olib boramiz va sichqonning o’ng knopkasini bosamiz. Ochilgan menyudan “Select Pixels” (Piksellarni tanlash) menyusini tanlaymiz:

Natijada yozvimizning atrofi tanlangan bo’ladi:

Keyingi bosqich (1-2) qatlamlar panelidan yangi qatlam (layer) hosil qilamiz (Yozuvimiz tanlangan holda); (3) o’ng tarafdagi asboblar panelidan “Paint Bucket” asbobini tanlaymiz, (4) asosiy rangni qora rang qilib belgilaymiz:

Va tanlangan joyni qora rangga bo’ayamiz (yangi qatlam tanlaganligidan amin bo’ling):
Qatlamlar panelidan yozuv qatlamini eng ustga chiqaramiz va qoraga bo’yalgan qatlamni tanlaymiz:
CTRL+T (Transform) knopkasini bosishimiz natijasida qoraga bo’yalgan jisimimizning atrofida quloqchalar paydo bo’ladi.:

Sichqonchaning o’ng knopkasini bosamiz va ochilgan menyudan “Distort” ni tanlaymiz:

Chiqqan quloqchalarning ikki tepa burchakdagilarini tortip patga va yonga tushuramiz va Enter tugmnasini bosamiz:

Tepa menyudan “Filter” > “Blur” > “Guassian Blur” menyusini ochamiz:

Chiqqan oynachada “Radius” qismini 2 pixel qilib belgilaymiz:

Qatlam menusida soya qatlamimizni tanlaymiz va “Opacity” (shaffoflik)ni 30% ga tushuramiz:

Natija quyidagicha bo’lishi kerak:

Yomon emas a?
O’ylayman ki bu dars sizga qo’l keladi va juda ko’plab qiziqarli ishlar qilishingizga imkon ochib beradi.
Bu darsda o’rgangan narsalarimiz:
- Mazkur darsda qatlamlar (layer) bilan ishlash;
- Qatlam effectlari hosil qilish;
- “Blur” filteri bilan ishlash;
- Matn bilan ishlash
kabi fubksiyalarni o’rgandik.
Darsimizning Photoshop mamba faylini ham joylamoqdaman, yuklab olib yaqindan ko’rib chiqishingiz mumkin:
Harakat qilib ko’ring, tushunmagan joyingiz bo’lsa so’rang, qilgan ishlaringizning natijasi bilan bizlarni ham bahramand qiling.
Rahmat!














