3
Web sayti, reklama, broshuralar dizyanida ikki muhim omil mavjuddir; biri u yerda ishlatilgan yozuv turi (Tipografiya) bo’lsa yana bittasi rangdir. Tipografiya insonning chap yarim miyyasini faollashtirsa, rang miyyaning kreativlik, san’at va ijod uchu javob beruvchi o’ng yarim pallasini faollashtiradi. Bu ikki omilning uyg’unligi natijasida chiroyli, ko’zni quvontiradigan va ma’nolik dizaynlar o’rtaga chiqarish mumkin.
Biz keyingi darslarimizd tipografiya haqida to’xtalib o’tamiz. Bugun esa ranglar bilan yaqindan tanishib chiqaylik.
Inson tug’ilganida u asosan atrofni ranglardan o’rganishni boshlaydi. U paytda yozivlar uncha miyya rivojlanishiga tasir qilmaydi. Katta bo’lgan sari o’ng miyyamiz rivojlanib yozuvlarniyam taniy boshlaymiz, lekin ranglar har doim miyya informatsiya qabul qilishida muhim o’rin o’egallab keladi.
Ranglrani yaxshi o’rganing

Dunyodagi barcha ranglar asosiy uch rang; qizil, ko’k va sariq ranglar asosida, ularning qorishmasidan kelib chiqadi. Asosiy ranglarning qorishmasidan ikkinchi darajali ranglar hosil bo’ladi; yashil, binafsha rang, olov rang. Ikkinchi darajali ranglarni yonidagi asosiy rang bilan qo’shilmasi esa uchinchi darajalik ranglar; sariq-olov rang, sariq-yahsil, ko’k-yashil, ko’k-binafsha rang, qizil-binafsha rang, qizil-olov rangni kelditib chiqaradi. Bu ranglar ko’pchilikka ma’lum bo’lgan 12 ranglik “ranglar g’ildiragi” (colour wheel)ni hosil qiladi.

Ranlglaring o’zini temperaturasi mavjud. Spektrning sariq/qizil rangli tarafi iliq ranglar, ko’k/binafsharang tarafi esa sovuq ranglar hisoblanadi.
Ranglarning ma’nolari
Har bir rang odamning ongiga turli hil tas’sir qiladi.
Ko’k rang: Ko’pchilk tomonidan yoqtirilgan rang hisoblnadi. Ishonarlilik, to’g'riso’zlik va sodiqlik tuyg’ularini beradi. Osmon va dengizning rangi bo’lmish ko’k rang hayotimiz davomida biz bilan birga bo’lgan rang sifatida qabul qilinadi.
Odamning zehniyatiga ta’sir qilishi borasida ko’k rang inson vujudida sokinlik hissini keltirib chiqaruvchi kimyoviy moddalarning hosil bo’lishiga sabab bo’ladi; lekinn ko’k rangning hammasi ham bunday ta’sir qilmaydi. Elektrik ko’k yoki brilliant ko’k ranglari quvnoqlik va hayajon tuyg’usiga sabab bo’lishi mumkin.
Ko’kning ba’zi tonlari sovuqlik va befarqlik hissini ham berishi mumkin. Ko’k rangi eng jinsga bog’liq bo’lmagan rang hisoblanadi, chunki erkaklarga ham ayollarga ham bir hil ta’sir qiladi.
Ko’k rangning odam ruhiyatiga va jismonan tasiri
- Tinchlantiradi
- Hovurni bosadi
- Intuitsiyani kuchaytiradi
Yashil rang: Bu rang spektrda vizual jihatdan ko’p joy oladi va ko’kdan keyingi eng ko’p ishlatiladigan rang hisoblanadi. Bu rang interyer dizaynida fon rangi sifatidi ishltishga qo’l keladi. Chunki tabiyatda har tarafda yashil ko’rishga ko’nikganmiz.
Sovuq va issiq tonlarning (ko’k va sariq) me’yori hisoblanmish tabiiy yashil ranglar, to’q yashildan tortib laym ragngigacha yangilanish timsolidir. Yashil bu tinchlik va ekologiya ramzi hamdir.
Yashil rangning odam ruhiyatiga va jismonan tasiri
- Tinchlantiruvchi
- Ruhan va jismonan dam oldiradi
- Depressiya, asabiylik va hayajonni yengishga yordam beradi
- Yangilanish, o’ziga ishonch va garmoniya tuyg’ularini kuchaytiradi
Sariq rang: Mazkur rang optimizm, hushchaqchaqlik va yorqinlik timsolidir. Oltin rangiga yaqin to’q sariq rangi ishonchli kelajakni ifoda etadi. Sariq atrofdagi ranglardan ajralib turadi va optimism, energiya va yangi g’oyalarni keltirib chiqaradi.
Sariq rangning odam ruhiyatiga va jismonan tasiri
- Maqsad sari olg’a borishga undovchi
- Asab sistemasini tetiklantiruvchi
- Hotirani faollashtiruvchi
- Muloqatga undovchi rang
Olov rang: Qizil rangga yaqin bo’lganligi uchun bahs munozarabop bu rang ishlatilgan o’rniga qarab odamlarga yo juda yoqadi, yo umuman yoqmaydi. Olov rang hushchaqchaqlik, iliqlik va energiya timsolidir.
Olov rangining odam ruhiyatiga va jismonan tasiri:
- Harakatga undaydi
- Ishtahani ochadi
- Sotsiallashishga undaydi
Davomi bor..










Katta rahmat!
Ho’sh, siz qanday ranglarni yoqtirasiz?
Maqola yaxshi chiqibdi, ma’lum imlo xatolarini hisobga olmaganda.
Ranglarga kelsak… ranglar borasida menga Roma Voronejskiyning aytgan so’zlari juda yoqadi, bu haqda avvallari ham aytib o’tganman: http://www.artlebedev.ru/kovodstvo/sections/130/ — 4-paragraf